Ayni paytda Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti 70510101 Biologiya: Botanika va o'simliklar fiziologiyasi mutaxassisligi bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiya himoyasi o’tkazilmoqda.
Magistrantlar ikki yil davomida olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan o‘z magistrlik dissertatsiyalari maxsus komissiya a'zolari oldida himoya qilishmoqda.
Ushbu himoya jarayonlarida DAK raisi sifatida Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti Botanika va genetika kafedrasi dotsenti, q,x.f.n. A.Matkarimova ishtirok qilmoqda. Komissiya a’zolari bitiruvchi talabalarning ishlarini munosib baholab bormoqda.