Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida  dastlabki mashg‘ulotlar “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi

Urganch davlat universitetining barcha fakultetlarida yangi o‘quv yili “Bo‘lar ekan-ku yoxud kechaning bugundan  farqi nimada?” mavzusidagi “Mustaqillik darslari” bilan davom etmoqda. 

Darslarda talabalar mustaqillikni qo‘lga kiritish jarayoni, uni mustahkamlashdagi mehnatlar, mamlakatimizning taraqqiyot bosqichlari va xalqaro maydondagi nufuzi haqida keng qamrovli ma’lumotlar bilan tanishtirilmoqda.

E’tiborga molik jihati shundaki, “Mustaqillik dars”lari viloyatimizning o‘z sohasida ko‘plab yutuqlarga erishgan insonlari, shuningdek, universitetimizning faxriy professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.