UrDUda Germaniya olimlari bilan zamonaviy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda

Ayni kunlarda Germaniyaning Halle shahridagi Martin Luther nomidagi Halle universiteti Geoekologiya kafedrasi olimlari – prof. Christopher Conrad va Franz Schulse hamkorligida Urganch davlat universitetida zamonaviy o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Darslar Texnika fakulteti Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasining Geodeziya va geoinformatika mutaxassisligi hamda Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti  Geografiya kafedrasi Geografiya mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlari uchun tashkil etilmoqda.

Mashg‘ulotlar “Geografik axborot tizimlarida algoritmlash” hamda “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanlari bo‘yicha prof. Christopher Conrad va Franz Schulse, shuningdek, universitet dotsentlari Murodjon Sultanov va Aminboy Abdullayev hamkorligida olib borilmoqda.