O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi majlisining 2018 yil 8 fevraldagi 4-son bayonida “Yoshlar – kelajak bunyodkori!” shiori ostida “Yoshlar festivallari”ni tashkil etish va o‘tkazish vazifalari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 13 oktabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarining talabalar teatr studiyalari festivalini karantin qoidalariga amal qilgan holda tashkil etish va o‘tkazish” yuzasidan Respublika Tashkiliy qo‘mitasining 2-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil 28 oktabr kuni Talabalar teatr studiyalari festivali respublika tanlovining 2-saralash bosqichi Urganch davlat universiteti madaniyat saroyida o‘tkazildi.
Unda Urganch davlat universitetining “Sayqal” jamoasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining “Ko‘zmunchoq” jamoasi, Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti Urganch filialining “Ko‘zgu” jamoalari bellashdilar. Hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra Urganch davlat universitetining “Sayqal” jamoasi keyingi bosqichga yo‘l oldi.