Germaniyaning Vayenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universiteti va Urganch davlat universiteti o`rtasidagi qo`shma ta`lim dasturi asosida hamkorlik o`rnatilgan bo`lib, 2020-2021 o`quv yilida “Agrar menejment” mutaxassisligi bo`yicha magistraturaga 6 nafar talaba qabul qilindi. Joriy yilning 27 noyabr kuni Germaniyaning Vayenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universiteti xalqaro tarmog'ining prorektorlari hamda hamkor universitet rektorlari ishtirokida onlayn konferensiyasi bo`lib o`tdi.
Germaniya universiteti tashabbusi bilan bo`lgan ushbu uchrashuvda Vayenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universitetining 30 dan ortiq hamkor universitetlari
qatnashdi.Konferensiyada “Covid 19” pandemiyasi davridagi mavjud vaziyat to'g'risida ma'lumot almashish va kelgusidagi hamkorlik, loyihalar va tadbirlar to'g'risida suhbat bo`lib o`tdi. Shuningdek, xalqaro akkreditatsiya, ikki tomonlama diplom shartnomalari, Vayenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universitetining hamkor universitetlarida qishloq xo'jaligi professor-o'qituvchilari va xodimlari uchun xalqaro o'quv kurslari tashkil etish masalalari ham ko`rib chiqildi.