O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nifuzini yanada oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-noyabrdagi PQ- 4881-son qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kurash sport turini yanada ommalashtirish ustuvor masala qilib belgilandi.
Shu  munosabat  bilan,  ushbu  nufuzli  musobaqaga universitet  terma  jamoasini  saralab  olish  va  universitet  talabalari o‘rtasida kurash  sport  turini yanada  ommalashtirish  hamda bo‘sh  vaqtlarini mazmunli  tashkil  etish maqsadida 2021- yil 19 -fevral  kuni  Kurash  sport  turi  bo‘yicha  “Rektor  kubogi”  musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqaning  tantanali  ochilishida   Urganch davlat  universiteti  Yoshlar  bilan  ishlash  bo‘yicha  prorektori  S.Davletov  so‘zga  chiqib,  kurashchilarni “Rektor kubogi”   kurash  musobaqasining  boshlanishi  bilan  samimiy  tabrikladi  va  kurashchilarga  omadlar tiladi. Shuningdek, musobaqa  bosh  hakami X. Meyliyev  ham  so‘zga  chiqib,  musobaqa o‘tkazish  tartib-qoidalari bilan  tanishtirdi.
Musobaqada Universitetning Jismoniy  madaniyat, Turizm va iqtisodiyot,  Fizika-matematika,  Texnika  va  Pedagogika fakultetlaridan  70  nafardan  ortiq kurashchilar ishtirok  etdilar. Musobaqa o‘g‘il  bolalar  bo‘yicha  7  vazn  toifasida,  qiz  bolalar  bo‘yicha 7  vazn  bo‘yicha XKA sining  xalqaro  qoidalari asosida  o‘tkazildi. 
Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.