Zulfiyaxonim - vafo va sadoqat timsoli
Urganch davlat universiteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengashi hamda "Qizlarjon" klubi tomonidan "Zulfiyaxonim - vafo va sadoqat timsoli" mavzusida musiqali badiiy kecha tashkil qilindi. Ushbu kechada senator F. Sa'dullayeva, 1-son oilaviy poliklinika bosh shifokori, Urganch shahar kengashi deputati M.S. Abdullayeva, O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Xorazm viloyati kengashi "Ayollar qanoti" bo'limi yetakchi mutaxassisi M.N. Bobojanova, tadbirkor K.Ishchanova, UrDU Xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi, Tarix kafedrasi dotsenti Sh.Q.Nurullayeva, fakultetlar kengash raislari D. Atayeva, B.Shomurodova va "Qizlarjon" klubi yetakchilari hamda Tarix, Filologiya, Bioinjeneriya, Jismoniy madaniyat, Pedagogika fakulteti talabalari faol ishtirok etdilar.