2021-yilning 6-aprel kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya davlat universiteti, Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi va V. G. Korolenko nomidagi Glazov davlat pedagogika instituti vakillaridan iborat delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Ushbu uchrashuvda Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullaev hamda Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori G’.O’razboyevlar ishtirok etib, Udmurtiya davlat universiteti vakillari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish borasida kelishib olindi
