2021-yilning 13-aprel kuni Urganch davlat universitetiga Rossiya Federatsiyasining Smolensk davlat universiteti vakillari tashrif buyurdi.

Ushbu delegatsiya a`zolari Smolensk davlat universiteti rektori, tarix fanlari nomzodi Artemenkov Mixail Nikolayevich, Tarix va huquq fakulteti dekani, tarix fanlari doktori, professor Uvarov Igor Arturovich, Filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Kovaleva Valentina Sergeyevnalarni UrDU rektori B.Abdullaev, O’quv ishlar bo’yicha prorektor S.Xodjaniyazov, Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor S.Davletov, Xalqaro hamkorlik bo`yicha prorektor G’.O’razboyev, hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor Z.Ibragimov hamda fakultet dekanlari kutib oldi.

Uchrashuvda UrDU rektori universitetning xalqaro hamkorliklari, qo’shma ta’lim dasturlari va imkoniyatlari to’g’risida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, prorektorlar ilmiy tadqiqot ishlari, iqtisodiyot, tarix, filologiya ta’lim sohalarida hamkorlik aloqalari, professor-o`qituvchilar va talabalar almashinuvini yo`lga qo`yish bo’yicha istiqboldagi hamkorlik haqida muzokaralar olib bordilar.


