Xabaringiz bor, 2021-yilning 13-aprel kuni Urganch davlat universitetiga Rossiya Federatsiyasining Smolensk davlat universiteti vakillari tashrif buyurdi. Ushbu delegatsiya a`zolari Smolensk davlat universiteti rektori, tarix fanlari nomzodi Artemenkov Mixail Nikolayevich, Tarix va huquq fakulteti dekani, tarix fanlari doktori, professor Uvarov Igor Arturovich, Filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Kovaleva Valentina Sergeyevnalar ishtirokida ikki kunlik tashrif chog`ida o`zaro hamkorliklar, qo’shma ta’lim dasturlari va boshqa imkoniyatlar to`g`risida muzokaralar olib borildi.

2021-yil 14-aprel kuni ushbu ikki universitet: Smolensk davlat universiteti hamda Urganch davlat universitetlari rektorlari Artemenkov Mixail Nikolayevich va Abdullayev Bahrom Ismoilovichlar tomonidan memorandum imzolanib, 2+2 va 1+3 shaklidagi qo`shma ta`lim dasturlarini joriy qilishga kelishib olindi.

Ushbu kelishuv Iqtisodiyot fakultetining Moliya yo`nalishi bo`yicha bakalavriatura, Marketing mutaxassisligi bo`yicha magistratura; Umumiy tarix yo`nalishi bo`yicha bakalavriatura; Lingvistika: rus tili va Rus adabiyoti mutaxassisligi bo`yicha magistratura bosqichida qabulni shakllantirishni ko`zda tutadi. Shuningdek, ikkala universitet professor-o`qituvchilari va talabalari o`rtasida tajriba almashinuvi ham rejalashtirildi.

