Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Jahon Banki “MUNIS” loyihasini amalga oshirish guruhi tomonidan davlat ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Public Research Institutes Modernization (PRIM)” tanlov grant dasturi e’lon qilindi.

PRIM dasturi maqsadi – ilmiy tashkilotlar salohiyatini oshirish va ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) sektorini, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini institutsional rivojlantirish.

PRIM dasturi doirasida moliyalashtiriladigan yo‘nalishlar:

1-komponent: Ilmiy infratuzilmani takomillashtirish

2-komponent: Kadrlar salohiyatini oshirish

3-komponent: Strategik rejalashtirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish

4-komponent: Bilimlarni o‘rganish va almashish tadbirlarini tashkil etish

5-komponent: Ilm-fan va biznes sohalari o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish

6-komponent: Targ‘ibot ishlari va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish

PRIM dasturining asosiy shartlari:

  Grant summasi – 1 ta davlat ilmiy tashkiloti uchun $200 000 gacha;

  Loyiha muddati va geografiyasi – O‘zbekiston Respublikasi hududida 12 oygacha;

  Grant oluvchi – davlat ilmiy tashkiloti;

  Loyiha jamoasida xalqaro tajribaga ega maslahatchi (konsultant) bo‘lishi shart;

  Ariza topshirish oxirgi muddati – 20.09.2024 y.

  Barcha arizalar https://app.wbgrants.uz/ onlayn platformasi orqali qabul qilinadi.