Hurmatli Urganch davlat universiteti talabalari!
✅Oliygohning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusidagi bilimlar bellashuvi o'tkazilishini ma'lum qilamiz!
Mazkur bellashuv 4 ta shartdan iborat:
1) Tanishtiruv;
2) Korrupsiyaga qarshi kurash togrisida gi qonunlaridan xabardorligi;
3) Savol-javob;
4) Korrupsion huquqbuzarlik sodir etilgan muammoli vaziyatga togri baho bera olish.
G'olib jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin I-darajali diplom va bazaviy stipendiya miqdorining 6 barobari;
2-o‘rin II-darajali diplom va bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari;
3-o‘rin III-darajali diplom va bazaviy stipendiya miqdorining 2 barobari.
Eslatib o'tamiz, ushbu tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan talabalar, 2024-yilning 27- sentabr sanasiga qadar o'z arizalari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga uchrashi lozim.