Diqqat tanlov!

Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi,  Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025/2026-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari”  tayyorlov oʻquv kursiga qabul e’lon qiladi.

Mazkur oʻquv kurslariga joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichining  2-kursini muvaffaqiyatli tugatayotgan talabalar saralash asosida qabul qilinadi. Aziz talaba-yoshlar, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv kurslariga 2025-yilning 1-aprelidan boshlab online  hujjat topshirish imkoniyatiga egasiz. 
                                                                                                                           
Qo’shimcha ma’lumot uchun universitetning Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish  bo’limiga murojaat qiling: +998 90 001 52 27