Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12. 2019.Fil.55.02 ilmiy kengashning 2025-yil 08-may kuni soat 14:00 dagi yig‘ilishida Urganch davlat universitetining mustaqil tadqiqotchisi Ulliyeva Sanobar Haydarovnaning 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Badiiy obraz yaratishda lisoniy birliklarning funksiyalari (Oʻtkir Hoshimov asarlari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Urganch shahri, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14-uy.