Iroda Ismailova Anvarovna – 2019-yilda Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish: nemis tili ta’limi yo’nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan. 2018-2019 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sovrindori bo’lgan. 2019-yilda esa „Yil talabasi“ Respublika ko’rik-tanlovida „O’z mutaxassisligi bo’yicha yilning eng bilimdon talabasi“ nominatsiyasi bo‘yicha g’olib bo’ldi. Shu yili Germaniya federal Prezidentining O’zbekistonga tashrifi doirasida u bilan yuzma-yuz muloqotda boʻlgan. 2021-yilda esa Germaniya Bundestagi Prezidenti stipendiyasi sohibasi bo’ldi.
Hozirgi kunda Germaniya Federativ Respublikasi Fridrix Shiller universiteti magistratura bosqichi talabasi.