2022-yilning 26-fevralida UrDU maʼmuriyati va Kasaba uyushma qoʻmitasi oʻrtasida 2020-2022-yillarga moʻljallab tuzilgan Jamoa shartnomasi bandlarining 2021-yilda bajarilishiga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi.
Unda fakultet va boʻlimlardan 192 nafar delegatlar ishtirok etdi. Konferensiyani UrDU Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov olib bordi. Anjumanda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Xodjaniyozov va Kasaba uyushma qoʻmitasi Q.Hamrayevning “UrDU ma’muriyati bilan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi Jamoa shartnomasining 2021-yildagi bajarilish ahvoli” mavzusidagi axborotlari tinglandi.
Shundan soʻng, “UrDU ma’muriyati bilan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida xodimlar va talabalarning mehnatini muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini ta’minlash ishlari bo‘yicha 2022-yil uchun tuzilgan kelishuv”, “2020-2022-yillarga mo‘ljallab tuzilgan Jamoa shartnomasiga 2022-yilda kiritiladigan o‘zgarish va qo‘shimchalar”, “Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibini qayta ko‘rib chiqish” masalalari muhokama qilinib, bu borada delegatlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Yigʻilish natijalariga koʻra, 2022-yilda kasaba uyushma aʼzolari va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida universitet ma’muriyati va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2020-2022-yillar uchun tuzilgan Jamoa sharnomasining ayrim bandlariga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritildi.

