Состоялась пресс-конференция на тему «Научно-исследовательская работа в вузе и сотрудничество с зарубежными вузами»

Bugun Urganch davlat universitetida “Oliy taʼlim muassasasida ilmiy-tadqiqot ishlari va xorijiy universitetlar bilan hamkorlik” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Unda OAV vakillari, yosh olimlar, jumladan, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar, shuningdek, Fizika-matematika va Tabiiy fanlar fakultetlarining ilmiy-tadqiqot ishi bilan shugʻullanishni maqsad qilgan talaba-yoshlari ishtirok etdilar.  

Anjumanda UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Z.Ibragimov va Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor G‘.O‘razboyevlar ishtirokchilarga Urganch davlat universitetida  ilmiy-tadqiqot ishlari va xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalari haqida maʼlumotlar berdilar. 

Ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion pеdagogik faoliyat, universitetda ilmiy ishlarning borishi, ilmiy salohiyatni oʻsishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar, xorijiy mamlakatlarning oliy taʼlim muassasalari bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari, shartnomalar, doktorant va yosh olimlarni stajirovkalarga joʻnatish masalasi, bugungi kunda oliy taʼlim tizimida chet tillarini oʻrganishni kun tartibidagi dolzarb masalaga aylanganligi borasida soʻz yuritildi.

Qolaversa, ilmiy etiketga amal qilish, ilmiy madaniyatni oshirish, bu borada xorijiy til bilish zaruratlari, ilmiy maqola va dissertatsiya yozishni oʻziga xos muhim jihatlari va bunda ilmiy rahbarning oʻrni haqida oʻz fikr-mulohazalarini bayon etib, zarur tavsiyalar berildi. 

urdu.uz, “Oliy taʼlim muassasasida ilmiy-tadqiqot ishlari va xorijiy universitetlar bilan hamkorlik” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi