Urganch davlat universiteti talabalaridan iborat jamoa 22-24 may kunlari Toshkent shahrida, O‘zbekiston Milliy universitetida “REGBI-7” sport turi bo‘yicha final o‘yinlarida munosib ishtirok etib, chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Ushbu gʻalaba bilan sportchi talabalarimiz hamda ularning murabbiylari Sport klub raisi o'rinbosari M.Rahimov va Jismoniy madaniyat fakulteti oʻqituvchisi Z.Abdullayevlarni, qolaversa, Urganch davlat universitetining koʻp ming sonli jamoasini samimiy qutlaymiz.
Universitetimizning bu kabi yutuq va marralari hamisha bardavom boʻlsin!