Urganch davlat universiteti talaba-qizlaridan iborat jamoa 28-31 may kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahrida “REGBI-7” sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan final o‘yinlarida Xorazm viloyati nufuzini munosib himoya qilib, 3-oʻringa sazovor boʻlishdi.
Ushbu gʻalaba bilan sportchi talabalarimiz hamda ularning murabbiylari Sport klub raisi o'rinbosari M.Rahimov va Jismoniy madaniyat fakulteti oʻqituvchisi O.Qilichovalarni, qolaversa, Urganch davlat universiteti jamoasini samimiy qutlaymiz.
Universitetimizning bu kabi yutuq va marralarimiz hamisha bardavom boʻlsin!