Simpozium ishtirokchilari bilan rektor uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Bugun, 5-iyun kuni “Tarix va filologiya sohalarida o‘zbek-mo‘g‘ul ilmiy aloqalari” mavzusidagi xalqaro simpoziumda ishtirok etish uchun tashrif buyurgan delegatsiya bilan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xalqlar orasidagi o‘zaro do‘stlikni mustahkamlash va ilm-fan rivojining yanada yuksalishiga zamin yaratuvchi ushbu simpozium doirasidagi rasmiy uchrashuvda Mo‘g‘ulistonning Istanbuldagi Bosh konsuli Anxbayar Danuu, Mo‘g‘uliston davlat universiteti professori Urangua Jamsran, Mo‘g‘uliston davlat universiteti doktoranti Enxtayvan Zүgeerbay, Tayvan davlat universiteti doktoranti Enxchimeg Baatarxuyag, Mo‘g‘uliston davlat universiteti dotsenti Ider Davaaseren, Mo‘g‘uliston davlat universiteti dotsenti Xoroldamba Davaasүren, Istanbul universiteti Tarix kafedrasi doktoranti Zauresh Riysxan, Mo‘g‘uliston davlat universiteti dotsenti Vanchigdash Chuluunxүү, shuningdek, O’zbekiston Milliy universiteti “Arxeologiya” kafedrasi professori, akademik A.Sagdullayev, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari B.Abdirimov hamda Urganch davlat universiteti prorektorlari, dekanlari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi. 

Taʼkidlanganidek, 2023-yilning 12-19-oktabr kunlari  universitetimiz tarixchi olimlarining Moʻgʻuliston davlat universitetiga tashrifi chogʻida ikki universitet oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolashga muvaffaq boʻlingan edi.  Tomonlarning bugungi rasmiy muloqotida  ushbu simpozium  oʻrnatilgan hamkorlikni samarasi ekanligi alohida qayd etilib, istiqboldagi hamkorlik aloqalari haqida fikr almashildi.

Uchrashuvda mehmonlarga Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati, oʻquv va ilmiy-innovatsion, xalqaro hamkorlik aloqalari, erishilayotgan yutuq va marralar haqida maʼlumotlar taqdim etildi.