Ma'lumki, “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Xorazm viloyat hamda Urganch shahar Kengashlari hamkorligida partiyaning “E'zoz va e'tibor” loyihasi doirasida Urganch davlat universiteti tuzulmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyida “Inson aziz – xotira muqaddas” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga partiya faollari, deputatlari hamda UrDU talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning koʻrsatgan jasorati va ibratli faoliyatini kelajak avlod ongiga singdirishdan iborat boʻldi.
Tadbirni mazkur muzey direktori, partiya faoli Yulduz Rahmanova kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Ta'kidlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi “Qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʻrganish va ular xotirasini abadiiylashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5598-sonli qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini ta'minlash maqsadida qator amaliy ishlar amalga oshirilayotgani hususida, muzeyni tashkil etish jarayonidagi mashaqqatli ammo sharafli izlanishlar olib borilgan va aholi qoʻlidan ma'lumotlar va xujjatlar topilib, muzey fondiga topshirilgan. Qatagʻon qurboni boʻlgan xorazmliklarning avlodlari va yaqinlari, oʻsha davr voqealarini chuqur biladigan kishilarning xotiralarini yozib olish, oilaviy arxiv va kutubxonalarda saqlanayotgan tarixiy materiallar, noyob suratlarni toʻplash ishlari amalga oshirilgan.
Shuningdek, Muzeyga xorijlik mehmonlar xususan, Chexiya, Rossiya, Ozarbayjon, Turkiyadan tashriflar ham amalga oshirilayotgani, Ularga muzey haqida keng ma'lumotlar berib kelinayotgani, muzeyning istiqbollari, Xorazm tarixi va madaniyatining turizm rivojidagi tutgan oʻrni haqidagi fikrlar atroflicha almashinib kelinayotgani toʻgʻrisidagi ma'lumotlarga ishtirokchilarning diqqati qaratildi.
Shundan soʻng, ishtirokchilar muzeydan salmoqli oʻrin olgan qatagʻon qurbonlari toʻgʻrisidagi ma'lumotlar, ularning noyob fotosur'atlari, eksponatlar va boshqa materiallar namoyish etildi va Yulduz Rahmanova tomonidan tushintirilgan birma-bir qatagʻon jabrdiydalari toʻgʻrisidagi tarixiy ma'lumotlar ishtirokchilar diqqat markazidan joy oldi.
Tadbir yakunida partiyaga a'zo boʻlish istagini bildirgan ishtirokchilarga partiyaning a'zolik biletlari tanta'nali topshirildi hamda yangi boshlangʻich partiya tashkiloti tashkil etildi.
Hamkorlikni mustahkamlash maqsadida “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi bilan “Adolat” SDP Xorazm viloyat Kengashi oʻrtasida Memorandum tuzish rejalashtirildi.
Vohamizda oʻquv muassasalar, keng omma orasida xalqimiz kelajagi uchun jabrlangan buyuk ajdodlarimiz xotirasiga ehtirom koʻrsatishga qaratilgan hamkorlikdagi tadbirlar davom etadi.