Bugun, 3-oktabr muzeyga Xorazm viloyati IIV litseyi Tarix fani oʻqituvchisi Elyorbek Matyoqubov boshchiligida bir guruh oʻquvchilar, Xorazm viloyati "Nuroniylar jamiyati"dan otaxon-onaxonlarimiz, Urganch tuman kutubxonasi xodimlari, Urganch tuman hokimiyati xodimlari, Urganch shahar IIB xodimlari, TTAUF Xorijiy guruhning 1-kurs talabalari tashrifi boʻlib oʻtdi. Mustaqilligimiz uchun kurashgan, nohaq ayblangan jadidlar, qatagʻonga uchragan ajdodlarimiz xotirasi yodga olindi.
Tashrif davomida muzey oldida mustabid sovet rejimi davri siyosiy qatag‘onlari tarixiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma, muzey boʻylab ekskursiya, davra suhbatlari boʻlib oʻtdi.