Xotira kechasi davomida tadbir ishtirokchilariga jadidlar haqida videorolik namoyish qilindi. Shuningdek, tadbir yakunida Filologiya va san'at fakulteti talabalari tomonidan qatag'on qurbonlariga bag'ishlangan she'rlar ijro qilindi hamda "Jadid" talabalar teatr studiyasi tomonidan tayyorlangan "So'ndirilgan yulduz" sahna ko'rinishi namoyish etildi.