Unda institut rektori Feruza Madraximova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Bekzod Abdrimov, UrDU tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori Yulduz Rahmonova, xorazmlik mashhur jadidchi Boboohun Salimovning nevarasi Matyusuf Salimov, yana bir xorazmlik ma’rifatparvar jadid Nazir Sholikorovning nevarasi Sobir Sholikorovlar hamda institut mas'ullari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Dastlab mehmonlar mas’ullar hamrohligida institutda tashkil etilgan, mo‘jazgina ma’naviyat maskani hisoblangan hamda o‘zida jadid bobolarimizning siymolarini, purhikmat so‘zlarini o‘zida jamlagan “Jadidlar bog‘i”ga sayr qildi.
“Jadidlar bog‘i”ga sayrdan so'ng institut fayesida tashkil qilingan qatag‘on qurbonlarining portretlarini o‘zida jamlagan ko'rgazmalar bilan yaqindan tanishildi.
Hikmatlar xazinasi bo‘lgan tarixga teran tafakkur hamda shuur bilan qarash bugungi musaffo osmonimiz va mustaqil Vatanimizga shukrona tuyg‘ularini jo‘sh urdiradi. Shu bilan birgalikda, Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagi uchun yanada ko‘proq bilim olishga, g‘ayrat qilishga chorlaydi. Uchrashuv davomida 1937–1953-yillarda qatagʻon siyosati qurboni boʻlgan 100 mingdan ortiq insonlar, xususan, atoqli davlat arboblari, ijodkorlar, ziyolilar, ilm-fan fidokorlari va ularning oila a’zolari, shuningdek, ularning boy adabiy, ilmiy, publitsistik meroslari, oʻchmas nomlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.