Bugun Urganch davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Vazir yoshlarning innovatsion loyihalar, “Hemis” axborot tizimini yanada takomillashtirish, maktab o'quvchilari singari universitet talabalari ham har 6 oydan tibbiy ko'rikdan o'tib turishi lozimligi, kasbiy zo'riqishni oldini olish maqsadida professor-o'qituvchilar uchun maxsus sanatoriyalar tashkil qilish hamda turizmni rivojlantirish borasidagi takliflarini tingladi. Talabalar tomonidan bildirilgan tashabbuslar vazir tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, vazir Q.Sharipov “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati samaradorligi oshirish, turizm sohasida yangi g'oyalar yaratish hamda biznes planlar ishlab chiqish boʻyicha oʻzining taklif va tavsiyalarini berdi.