Bugun, 5-dekabr kuni Urganch davlat universiteti rahbariyati va ota-onalar uchrashuvi Filologiya va sanʼat fakultetida davom etdi. Uchrashuvda universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov boshchiligida birinchi prorektor D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi A.Shakarov hamda Filologiya va sanʼat fakulteti dekani D.Gʻayipovlar mazkur fakultetda taʼlim olayotgan talabalarning ota-onalari bilan muloqot qilishdi.
Uchrashuv davomida oliy ta’limdagi islohotlar, erishilgan yutuqlar, universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda olib borilayotgan ishlar, universitet ichki-tartib qoidalari, kredit-modul tizimi haqida soʻz yuritildi. Talabalarning taʼlim-tarbiyasida ota-onalar hamkorlikda ishlashga chaqirildi.
Muloqot davomida ota-onalarning ham fikr-mulohazalari, takliflari eshitildi.