Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida matbuot anjumani oʻtkazildi

Bugun, 23-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tomonidan "2024-yilda universitet tizimida amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yildagi vazifalar" mavzusida keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. 

Unda Xorazm viloyatining taniqli jurnalistlari va blogerlari, jumladan, AOKA Xorazm viloyati boshqarmasi mutaxassisi N.Pirmetov, “Xorazm haqiqati” gazetasi muhbiri O.Rahim, @antikorruz maxsus muhbiri Q.Eshchanov, shuningdek, “Urganch universiteti” gazetasi muharriri M.Quronboyeva hamda universitetning media sohasiga qiziquvchi talaba-yoshlari va tyutorlar faol ishtirok etdi.

Anjumanda oliygoh rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov tomonidan universitetning o‘tgan yil davomida erishgan yutuqlari, amalga oshirilgan loyihalar, ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot sohasidagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan strategik vazifalar haqida maʼlumotlar taqdim etildi.

Tadbirning maqsadi — universitet faoliyatining ochiqligini ta’minlash, keng jamoatchilik va OAV bilan yaqindan hamkorlik qilish, kelgusidagi rejalar bilan bo‘lishish va jamoatchilik fikrini inobatga olishdan iborat. 

Anjuman ochiq muloqot va fikr almashish ruhida o‘tib, viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari universitetning kelgusi rejalariga o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, hamkorlikka tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi.  O‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.