23-yanvar kuni Urganch davlat universitetida 3 kun davomida ingliz tili oʻqituvchilarini malakasini oshirish maqsadida Buyuk Britaniyaning Ulster universiteti hamda Qozog‘iston Respublikasining A.Baytursunov nomidagi Kostanay davlat universiteti professorlari ishtirokida tashkil etilgan seminar-treningda faol qatnashgan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Ushbu seminar-treningda qatnashganlar chet tili oʻqitishda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lib, soha mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan amaliy mashg‘ulotlar va nazariy bilimlarni o‘zlashtirishdi.
Tadbir yakunida universitet rektori v.v.b S.Xodjaniyazov tomonidan barcha ishtirokchilarning faolligi e’tirof etilib, ularga treningda qatnashganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Oʻz bilim va tajribalarini ulashgan xorijlik mutaxassislarga esa alohida minnatdorlik izhor etilib, esdalik sovgʻalari taqdim etildi hamda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash istagi bildirildi.
Mazkur sertifikatlar ishtirokchilarning kelgusi faoliyatida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.