YANGI KITOB NASHRDAN CHIQDI

Kitob arxiv hujjatlari, davriy matbuot nashrlari va boshqa manbalar asosida yozilgan. Mualliflar Xorazm viloyat Ichki ishlar tizimining shakllanish tarixi va faoliyatini yoritish bilan bir qatorda, sovet rejimi davrida siyosiy qatag‘onlarning daxshatlari, oqibatlarini ro‘y-rost  tahlil qilganlar. 

Xorazm viloyati IIB tomonidan amalga oshirilgan ushbu loyihada UrDU tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori Yulduz Rahmonova ishtirok qildi. Mazkur kitob  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024-yil 19-iyuldagi PQ-270 – sonli  “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlardan biridir.