“Ochiq eshiklar kuni” – yosh ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 15-16-fevral kunlari Andijon viioyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha tasdiqlangan 11-sonli bayoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-yanvardagi 27/1-4646-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktabintematlarining fan yo’nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlari bilan integratsiyasini ta’minlash maqsadida tuzilgan Urganch davlat universiteti hamda Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi oʻrtasidagi hamkorlik doirasida  joriy yilning 6-may kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Filologiya va san’at fakulteti tashabbusi bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tadbirni O‘zbekiston tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Z.Saidjonova hamda o‘qituvchi Z.Yuldashev olib bordilar. Ular maktab o‘quvchilariga universitetning tarixi, ta’lim yo‘nalishlari, professor-o‘qituvchilarning ilmiy va pedagogik faoliyati, dars jarayonlarining mazmuni haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Uchrashuv davomida maktab o‘quvchilari universitetda ta’lim jarayonini zamon talablari asosida tashkil etish, sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yish, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar – kutubxonalar, innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv auditoriyalari, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari bilan tanishdilar.

Tadbir davomida yosh ijodkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, universitet hayoti, ta’lim va ijodiy muhit haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldilar.