Bugun, 22-sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Ilm-yulduzlari” Respublika intellektual ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning iqtidorli, ilmga chanqoq, tayanch doktorant, mustaqil va erkin tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanish olib borayotgan 8 nafar yosh olimalari ishtirok etdi.
Tanlovdan maqsad: O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan teng huquq va teng imkoniyatlardan iqtidorli xotin-qizlarning ilm-fanda qay darajada foydalanishini aniqlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish hamda ilmiy izlanishlarining uzviyligini ta’minlash uchun sharoit yaratishdan iborat.
Mazkur tanlovda har bir ishtirokchining taqdimotlari O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasining Xorazm viloyat bo‘limi raisi i.f.n, dotsent M.Iskandarova boshchiligida universitet professor-o‘qituvchilaridan iborat hayʼat aʼzolari tomonidan baholab borildi.
Ko‘rik-tanlov natijalari:
• “Eng innovatsion g‘oya sohibasi” nominatsiyasi g‘oliblari – Shahnoza Alimova hamda Charos Yo‘ldosheva;
• “Eng yaxshi dasturiy ishlanma, texnologik ilova, raqamli media mahsulot sohibasi” nominatsiyasi g‘oliblari – Moxiraxon Bekchanova hamda Maftuna Sa’dullayeva;
• “Eng zukko va chopqir ishtirokchi” nominatsiyasi g‘oliblari – Moxira Jumaniyozova hamda Gulyor Atajonova;
• “Eng mohir ilm-fan ommalashtiruvchi sohibasi” nominatsiyasi g‘olibi – Klara Allaberganova;
• “Eng mohir milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi g‘olibi – Mashhura Sultanova.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
©️UrDU Matbuot xizmati