O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktyabrdagi “O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yilning 3-6 fevral kunlari Toshkent shahrida “Universiada-2020” sport o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan stol tennis musobaqasining respublika final bosqichi o‘tkazildi. Unda qatnashgan Urganch davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulteti talaba-sportchilari yakkalik bellashuvlarida Jonibekov Abduraxmon va Kodirova Ruza faxirli 2-o‘rini egaladilar.