Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egalladi.

2021-yil 9-fevral kuni Astraxan shahrining “O‘zbekiston” o‘zbek madaniyatini saqlash va rivojlantirish bo‘yicha Astraxan viloyat mahalliy tashkiloti tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag'ishlangan adabiy-musiqiy kecha o`tkazildi.

Ushbu tadbirni Youtube ilovasi orqali onlayn tarzda to`g`ridan-to`g`ri kuzatib borish imkoni berildi. Unda Urganch davlat universitet rektori B.Abdullayev boshchiligida Filologiya fakultetining professor-o`qituvchilari hamda Astraxan davlat universiteti va Urganch davlat universiteti qo`shma ta`lim dasturi talabalari faol qatnashdi.