O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qarori hamda oliy ta`lim muassasalari talaba-yoshlari o`rtasida kurash sport turini ommalashtirish maqsadida joriy yilning 3-mart kuni viloyatdagi oliy ta`lim muassasalari UrDU, TTA UF va TATU talaba-yoshlari o`rtasida Kurash sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika sport musobaqasining Xorazm viloyat bosqichi birinchiligi o`tkazildi.
Musobaqa o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida XKA sining xalqaro qoidalari asosida o‘tkazildi. Unda respublika bosqichiga sportchi yoshlar saralab olindi.
Musobaqaning tantanali ochilishida Urganch davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor S. Davletov, O‘zbekiston talabalar sporti Assotsiasiyasining mintaqaviy bo‘lim raisi o‘rinbosari M. Qalandarov, Urganch davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani dots. S. U. Ko‘palovlar so‘zga chiqib kurashchilarni “Vazir kubogi” respublika sport musobaqasining Xorazm viloyat bosqichi birinchiligi musobaqasining boshlanishi bilan samimiy tabrikladilar va kurashchilarga omadlar tiladi. Shuningdek, musobaqa bosh hakami X. Meyliyev ham so‘zga chiqib musobaqa ishtirokchilarini tabriklab, musobaqa o‘tkazish tartib-qoidalari bilan tanishtirdi.

Musobaqani yopilish marosimida musobaqa g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston talabalar sporti Assosiasiyasining mintaqaviy bo‘lim raisi o‘rinbosari M. Qalandarov tomonidan tegishli darajadagi diplomlar bilan taqdirlandilar.