Joriy yilning 4-mart kuni Turkiyaning Anqara shahri Kechyurin tumani hokimi Turgut Altinok, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermonov, Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullayev, Anqara universiteti rektori prof.Dr.Necdet Unuvar, Xorazm viloyati hokimi o`rinbosari Shavkat To`laganov, Turkiyadagi O`zbekiston elchixonasi vakili Azizbek Z. Salahiddinovlar ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda o`zaro hamkorlik to`g`risida, jumladan, universitetlar o'rtasida ilmiy tadqiqot va ta'lim sohasida hamkorlik qilish, qo'shma ta'lim dasturlari tashkil etish, talaba va professor-o'qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar olib borildi.
