O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-sonli qaroriga asosan, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida:
Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti tashkil qilinishini inobatga olib, quyida keltirilgan (ilova) Urganch davlat universiteti bakavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023 o‘quv yili qabulida 1-kursga qabul qilinadigan talabalar Urganch davlat pedagogika institutida o‘qishini boshlashlarini maʼlum qilamiz:
Ilova
Urganch davlat pedagogika institutiga o‘tadigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar:
№ |
Shifr |
Ta’lim yo‘nalishlari |
1 |
60110100 |
Pedagogika |
2 |
60110200 |
Maktabgacha ta’lim |
3 |
60110500 |
Boshlang‘ich ta’lim |
4 |
60111200 |
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi |
5 |
60111300 |
Musiqa ta’limi |
6 |
60111400 |
O‘zbek tili va adabiyoti |
7 |
60111700 |
O‘zga tilli guruhlarda rus tili |
8 |
60111800 |
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili |
9 |
60112100 |
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi |
10 |
60112200 |
Jismoniy madaniyat |
11 |
60112300 |
Texnologik ta’lim |
|
|
Magistratura mutaxassisliklari |
12 |
70110101 |
Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha) |
13 |
70110201 |
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) |
14 |
70110501 |
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) |
15 |
70111202 |
Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi |
16 |
70111301 |
Musiqa ta’limi va san’at |
17 |
70112201 |
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi |
18 |
70112301 |
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) |
UrDU Qabul komissiyasi