Xotin-qizlar maslahati kengashi

KENGASHNING ASOSIY MAQSADI

Xotin - qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalar va mehnat turlaridagi faoliyatini kuchaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hamda jaʼmoat ishlarini olib borish;

xotin - qizlar oʼrtasida maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, milliy va madaniy qadriyatlarimiz, dasturlarimiz asosida qizlarni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashda turli tadbirlar, uchrashuvlar, seminarlar, o’tkazish;

xotin - qizlarning huquqlarini muxofaza qilish, maʼnaviy, intellektual va kasbiy tajribasini, huquqiy savodxonligini, madaniyatini oshirib borish;

iqtidorli qizlar to’garagini yo’lga qo’yish, iqtidorli qobiliyatli qizlarni Zulfiya nomidagi va boshqa nomdar davlat mukofotlariga tavsiya qilishda ishtirok etish ;

oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirish, zararli illatlardan yiroq boʼlish, xotin - qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muxofaza qilish, xotin qizlarning madaniyat va sportga boʼlgan qiziqishlarni oshirish;

xotin - qizlarimiz oʼrtasida xalkimiz maʼnaviyatiga, turmush tarziga yot bo’lgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, oʼz joniga qasd qilish kabi noxush holatlarning oldini olish;

xotin - qizlar oʼrtasida ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish, diniy ekstremizm missionerlik gʼoyalarining tarqalishini oldini olish, xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlik holatlaridan himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron qizlarimizni doimiy nazoratga olib ko’mak berish, yordam ko’rsatish va qo’llab quvvatlash.

Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Xotin qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini oshirish, ularni har tomonlama qoʼllab quvvatlash, ularning ijtimoiy iqtisodiy sharoitini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, milliy va maʼnaviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni maʼnaviy barkamol, gʼoyaviy kurashchan, millat va mamlakat ravnaqi yoʼlida oʼz kuchini ayamaydigan yetuk inson qilib tarbiyalash, sogʼlom turmush tarzini shakllantirish hisoblanadi.

Talaba-qizlar maʼnaviy olami ruhiy-psixologik holatini oʼrganib borish maqsadida, talaba qizlarda yuksak maʼnaviyat tushunchalarni shakllantirish borasida uchrashuvlar, davra suhbatlari oʼtkaziladi. Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talaba qizlarda sogʼlom turmush tarzi malakalarini shakllantirish, oʼz salomatligiga nisbatan masʼuliyat, turli zararli odatlarga ruju qoʼymaslik, faxsh yoʼliga kirmaslik, muntazam ravishda sport bilan shugʼullanish, ovqatlanish, kiyinish va muomala madaniyatiga rioya qilishni shakllantirish, talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, qizlarning oʼzlarini tutishlari, oʼqishga va kelajak hayotga boʼlgan munosabatlariga bagʼishlangan turli tadbirlar, davra suhbatlari talabalarning turar joylarida ham doimiy amalga oshirib keladi.