Kafedrada bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va dissertatsiyalar
Kaferdada hozirga qadar bir qancha kafedra professor-o‘qituvchilari nomzodlik PhD, dissertatsiyalarini himoya qilishdi. 2021-yil kafedra mudiri Matyokubov O‘tkir Karimovich Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 05.04.02 – Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil, tola-optik aloqa tizimlari ixtisosligi bo‘yicha “Mobil aloqa tizimlari ishonchliligini baholash model va algoritmlarini ishlab chiqish” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2024-yilda kafedra dotsenti Madaminov Uktamjon Ataxanovich 13.00.06 - “Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Elektron ta’lim muhitida fanlarni mobil ilovalar yaratish asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (“Wyeb dasturlashga kirish” fani misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasini qilgan. Kafedra dotsenti Ismoilov Shukurulloh Habibullo o‘g‘li “Qo‘rg’oshin valframati kristallarida nuqsonlar, radiolyuminessensiya elektron g’alayonlari” mavzusi bo‘yicha dissertatsiya himoyasini o‘tkazib fizika-matematika fanlari bo‘yicha fan nomzodi darajasiga ega bo‘lgan.
Kafedra katta o‘qituvchilari M.Allaberganova pedagogika yo‘nalishida “Raqamli transformatsiya sharoitida bo‘lajak muhandislarning tayanch kompetensiyalarini smart ta’lim platformasi asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida va T.Matkurbanov texnika yo‘nalishida “Katta maydonlarni monitoring ma’lumotlarini yig’ishda Uchuvchisiz uchish apparatlarining effektiv marshrutini qurish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Shu bilan birgalikda quyidagi mavzular doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
- Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida marshrutlashning yangi metodlari tahlili;
-Tibbiy tasvirlar asosida qaror qabul qilishga ko‘maklashish tizimlarini ishlab chiqish algoritmlari va dasturiy majmuasi;
- Aloqa tizimlari ishonchliligini baholash uslubiyatlari;
- Optik tolalar va nanofotonik to‘lqin o‘tkazgichlarning ulanish jarayonlarini modellashtirish;
- Virtual qurilmalar texnologiyasini radioelektronika va aloqa tizimlaridagi signallarni sinchkovlik bilan o‘rganish uchun qo‘llash;
- Yuqori quvvatli ko‘p bosqichli mikroto‘lqinli attenuatorni tadqiq qilish va ishlab chiqish;
- Mobil aloqa qurilmalarining hududiy joylashish optimalligini oshirishda geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish usullari.