Fakultetlararo chet tillar kafedrasi 2000 yilda UrDU Jahon tillari fakulteti tarkibida Fakultetlararo xorijiy tillar nomi bilan ochilgan. Kafedraga f.f.d U.S. Sotimov mudir qilib tayinlangan. Kafedra fakultetlararo talabalarga fransuz, nemis, ingliz, rus tillarini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan. Dastlab kafedra 20 ga yaqin nemis, fransuz, ingliz, rus tillari professor o‘qituvchilari bilan ish boshlagan. O‘quv yillari ish faoliyati mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z faoliyatlari davomida ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar nashr qilishgan va ilmiy izlanishlar olib borganlar. Birinchi Prezidentimiz tomonidan ta’sis qilingan jamg‘arma grantlari g‘oliblari bo‘lishib, Xorijda o‘qib malaka oshirib kelishgan. 2011 yil yanvar oyida kafedra faoliyati tugatilgan. Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan turli fan o‘qituvchilari mutaxassislik kafedralariga berkitilgan.
Chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan e’tiborni butun mamlakat xududida izchil ravishda o‘stirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 12 dekabr kuni “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ -1875 qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror asosida 2013 yil sentyabr oyida Urganch davlat universiteti Chet tillari fakultetida yangi “Amaliy ingliz tili” kafedrasi tashkil etilib, kafedra mudiri etib f.f.n dotsent Jamila Ermetova tayinlangan. Kafedrada jami 18 ta professor- o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatishib ular nofilologik yo‘nalishlardagi barcha fakultetlarda dars mashg‘ulotlari olib borishgan.
2015 yil avgust oyida nemis va fransuz tillarining nofilologik yo‘nalishlari berkitildi va kafedra nomi “Fakultetlararo chet tillar” deb o‘zgartirildi. 2018 yil mart oyidan 2024 yil 21 maygacha kafedraga PhD Radjapova Feruza mudirlik qilgan. 2024 yil 22 maydan kafedraga PhD, dotsent Bahodirova Feruza mudirlik qilib kelyapti.