Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari

  • Qishloq  xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari
  • O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi
  • Botanika

Nomzodlik dissertatsiyalari himoyasi

  • Babadjanova Sayyora Xushnutovna   03.00.13-Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi bo‘yicha Har xil omillar ta’sirida hayvonlarning gipometabolik xolati va organizmning hayot davomiyligi mavzusida 2002 yilda Biologiya fanlari nomzodi bo`ldi.
  • Tadjiev Anvar YUldashevich 03.00.07-mikrobiologiya ixtisosligi bo‘yicha Bug‘doy rizosferasining fosfor parchalovchi mikroorganizmlarini ajratish, o‘rganish va amaliyotda qo‘llash mavzusida 2010 yilda Biologiya fanlari nomzodi bo`ldi.
  • Ibragimova  Nasiba Muminovna 03.00.12-Biotexnologiya ixtisosligi bo‘yicha "Biopreparatlar yordamida kartoshkani saqlash texnologiyasini ishlab chiqish" mavzusida 2024 yilda Biologiya fanlari nomzodi bo`ldi.

 

Biotexnologiya  kafedrasi 1-kurs PhD tayanch-doktoranti  Norimov Shohrux Umidjon o’g’li “Xorazm viloyati sharoitida sholi yetishtirishda biopreparatining samaradorligini baxolash” mavzusidagi ilmiy ishi bo'yicha dastlabki sinov tajribalarni ilmiy rahbari b.f.n., dotsenti.   A.Yu.Tadjiyev boshchiligida boshlab yuborgan. Shuningdek, nazariy metodologik kurs mashg‘ulotlarida tanlangan mavzular va boblar asosida sholi ekinlarini biologik himoya qilish va biopreparatlarni qo‘llash texnologiyalari, shuningdek, ekinlarning asosiy kasalliklariga qarshi kurash uslublari bo‘yicha zamonaviy nazariy ma’lumotlar va ilg‘or xorijiy hamda mahalliy tadqiqotlar tahlil qilindi va o‘zlashtirildi.