2020 yil 20 iyun kuni Xorijiy filologiya fakultetida Filologiya fanlari doktori Choʼponov Otanazar Otajonovichning 60 yoshiga bagʼishlangan “Zamonaviy filologiyaning nazariy va amaliy muammolari” mavzusida Zoom dasturi orqali ilmiy-nazariy konferentsiya oʼtkazildi. Konferentsiya yuksak saviyada oʼtkazildi va Urganch davlat universiteti rektori B. Аbdullaevning kirish soʼzi bilan boshlanib, unda Xorazm viloyati hokimi oʼrinboosari professor S.K. Salaev, Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, professor А. Sadullaev, OʼzDJTU professori D.S. Qulmamatov, Termiz davlat universiteti professori P.Oʼ. Bakirov, Urganch davlat universiteti professorlari X. Bobojonov, O. Jumaniyozov, Z. Doʼsimov, Filologiya fakulьteti dotsenti D.Q. Gʼayipov va Xorijiy filologiya fakulьteti dekani Z.O. Jumaniyozov, Xorijiy filologiya, Filologiya hamda Pedagogika fakulьteti tilshunos va adabiyotshunos professor-oʼqituvchilari oʼz maʼruzalari bilan ishtirok qildilar.