Urganch Davlat universitetining maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan onlayn kimyo fan olimpiadasi tashkil qilindi. Urganch Davlat universitetining onlayn kimyo fan olimpiadasi maktab o‘quvchilarining 7-,8-, 9-, 10- va 11-sinflari o‘rtasida o‘tkaziladi. Olimpiada onlayn shaklda kimyourduolimp.wordpress.com saytida olib boriladi. Olimpiadada qatnashuvchi o’quvchilar 15-noyabr 23:59 gacha(Ro‘yxatdan o‘tish 22-noyabr soat 23:59 gacha uzaytirildi. Olimpiada 23-noyabrdan boshlanadi!) sayt orqali ro’yhatdan o’tishi kerak. Har bir maktabdan sinflar bo'yicha o’quvchilar ro’yhatdan o’tishi va olimpiadada qatnashishi mumkin. Olimpiada 3 ta asosiy bosqichdan iborat bo’lib ular: test, masala yechish-1 va masala yechish-2 . Test bosiqichi 4 ta turdan iborat va har bir turdagi test sinovi uchun maksimal 25 balldan belgilangan. Umumiy hisobda Test bosqichida o’quvchi maksimal 100ball (4*25=100ball ) to’plashi mumkin. Test bosqichida 60 ball va undan yuqori ball to’plagan o'quvchilar keyingi masala yechish-1 bosqichiga qatnashadilar. Masala yechish-1 bosqichida o’quvchiga 5 ta masala beriladi. Har bir masalaning to’g’ri javobiga maksimal 20 ball beriladi. Masala yechish-1 bosqichida o’quvchi umumiy hisobda 60 ball va undan yuqori ball to’plagan o'quvchilar keyingi masala yechish-2 bosqichiga o'tadilar. Bu bosqichda olimpiada g'oliblari aniqlanadi.