Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12. 2019.Fil.55.02 Ilmiy kengashning 2022 yil 1-aprel kuni soat 10:00 dagi yig‘ilishida Navoiy Davlat pedagogika institute mustaqil tadqiqotchisi Ruziyeva Zilola Mustafayevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan “Rus tilidagi tugallanganlik va tugallanmaganlik fe’l kategoriyasining o‘zbek tilida ro‘yobga chiqishi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi.