Ipak yoʻlining ramziy shahri boʻlgan Venetsiyaning 1600 yilligini nishonlash.
O'zining o'ziga xosligi bilan Venetsiya nafaqat buyuk afsonaviy sayohatchi Marko Poloning ona shahridir, balki, Ipak yo'li bo'ylab turli xil tovarlar, innovatsion g'oyalar, fikrlar, san'at va mahoratlar kelib, tarqaladigan joy ham bo'lgan.
Venetsiya shaharning 1600 yillik Yubileyni nishonlash Ipak yo‘llari va yer yuzining boshqa hududlarida yashovchi, Venetsiyani yaxshi ko‘radigan va Ipak yo‘li merosining sivilizatsiyalar barqarorligi uchun qadriyatlarini tushunadigan barcha insonlar uchun ham muhimdir. Shuni hisobga olib Venetsiyaning Ka Foskari Universiteti (CFU) va Silk-Road Universitetlar Tarmog'i (SUN) 1600 yilligini nishonlash doirasida quyidagi uchta tanlovni o'tkazishini e’lon qildi.
Barcha tanlovlar uchun topshirishning oxirgi muddati 2022-yil 30-iyun. Sovrin g‘oliblari (har bir tanlov uchun uchtadan) 2022-yil 31-iyulgacha e’lon qilinadi. Sovrin g‘oliblari 2022- yilning 10-12-oktabrida Venetsiyada bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimiga taklif qilinadi.
Mukofot:
1) rasmiy sertifikat,
2) turar joy bilan taʼminlash
3) havo sayohati uchun €300 moliyaviy yordamdan iborat.
Tanlovning mavzulari va boshqa tafsilotlari haqida batafsil ma'lumot olish uchun SUN (http://www.sun-silkraodia.org ) va CFU (https://www.unive.it) rasmiy veb-saytlarida mavjud bo'lgan ko'rsatmalarga murojaat qiling)