Qadrli talaba-yoshlar!
Joriy yilning 12-may kuni soat 10.00 dan boshlab universitetimizning asosiy binosi (1-qavat)da Xorazm viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi tashabbusi bilan "Bo'sh ish o'rinlari " mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.
Yarmarkaga bitiruvchi talabalar va ishlashni xohlovchi barcha yoshlarni taklif etamiz.
Boshqarma 350 ta bo'sh ish o'rinlarini taklif etmoqda.
Maktabgacha ta'lim, Psixologiya, Ingliz tili, Rus-tili, Musiqa va Jismoniy madaniyat yo'nalishi bitiruvchilarimizni ish bilan ta'minlanishi kafolatlanadi.