UrDU tabiiy fanlar falkulteti biologiya yo’nalishi 161-162- 163-guruh talabalari “Ona tabiatni asraylik ” mavzusidagi tadbirida 3-kurs talabalari jamoa bo’lib, bellashuv ko’rinishida bo’lib o’tdi. Tadbirda 161-guruhning “Nabotot”, hamda 162-guruhning “Burgutlar” va 163-guruhning “Tabiat gvardiyasi”jamoalari o’zaro bilim va salohiyatlarini namoyon etishdi.
Tadbir ishtirokchilari 4 ta shart asosida bellashdilar:
1-shart: Jamoalarning tanishtiruvi
2-shart: Eng yaxshi taqdimot namoyishi.
3-shart: Savol-javob va mantiqiy savodxonlik.
4-shart: Erkin mavzu.