Urganch davlat universiteti 2019-yildan buyon xorijning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil qilib kelmoqda.
2022—2023-oʻquv yilida ham universitetda tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari rasman tasdiqlangan.
Abituriyentlar quyidagi qoʻshma ta’lim dasturlariga ariza topshirib, tahsil olishlari mumkin boʻladi.
BAKALAVRIAT UCHUN:
Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Arxitektura (turlari boʻyicha) ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 25 nafar: 2,5+2.
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI UCHUN:
Belorusiya davlat oziq-ovqat va kimyo texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 10 nafar: 1+1;
Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlariga quyidagi havola orqali onlayn ariza topshirish mumkin: http://qtd.urdu.uz
Muddat: 31.10.2022 - 20.11.2022
✅ Zarur hujjatlar:
1. Passportning rus tiliga tarjimasi (notariusdan tasdiqlangan holda) ro‘yxatga olingan joyi nusxasi bilan (PDF shaklda);
2. Abituriyentning 3,5 x 4,5 sm formatdagi 6 ta rasmi (PDF shaklda);
3. Umumiy o‘rta (attestat) yoki o‘rta maxsus (diplom) ma’lumot bo‘yicha hujjatning rus tiliga tarjimasi ilovasi bilan (PDF shaklda).
Qo‘shimcha ma’lumot uchun tel: +998 62 2246611