O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 691-sonli qaroriga muvoviq, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovi e’lon qilindi. 

Tanlovda oliy ta’lim muassasalarining dastgohli rangtasvir, rangtasvir (turlari bo‘yicha), grafika va miniatyura, haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha), amaliy san’at (turlari bo‘yicha), dizayn (turlari bo‘yicha), san’atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) yo‘nalishining oxirgi  ikki kursida ta’lim olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari qatnashishi mumkin. 

Talabgorlar shu yilning 20-iyuniga qadar UrDU Iqtidorli talabalarni ilmiy - tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga o‘z hujjatlarini topshirishlari soʻraladi. 

Batafsil...