Urganch davlat universiteti talaba-yoshlari diqqatiga!
2023-yil 30-may kuni Urganch davlat universiteti hamda Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasi tashkil etilmoqda. Yarmarkada viloyatimizning barcha tuman (shahar)lari Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari oʻzlarining boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashadilar.
Yarmarka Tarix fakultetining orqa tomonidagi maydonda soat 10.00 dan 15.00 gacha oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Yarmarkaga universitetimizning barcha bitiruvchilari hamda ishlashni xohlovchi 1-3 kurs talabalari taklif etiladi.
Hurmatli talabalar, imkoniyatni qoʻldan boy bermang, yarmarkada ishtirok etib, oʻz ish oʻrningizga ega boʻling!