OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA, GEOGRAFIYA KAFEDRASI HURMATLI HAMKASBLAR!
Sizlarni Urganch davlat universitetida 2023-yil 27-28-oktyabr kunlari oʻtkazililadigan “Zamonaviy geografiya: innovatsion rivojlanishining ilmiy-uslubiy asoslari" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif etamiz.
Anjumanning maqsadi: Bugungi dunyo hamjamiyati oldida turgan dolzarb muammolar, jumladan: qurg’oqchilik, suv toshqinlari, iqlimning global isishi, zilzilalar kabi geoekologik, geologik, tabiiy geografik; oziq-ovqat xavfsizligi, ishsizlik, inflyatsiya, geosiyosat kabi ijtimoiy-iqtisodiy, geosiyosiy masalalar yechimini topishda geografiya fanlari tizimidagi innovatsion qarashlar, yondashuvlar va usullarini jamlash hamda amaliyotga tatbiq qilish.
Anjumanning asosiy yoʻnalishlari:
1-shoʻba: Tabiiy geografiya, geoekologiya va tabiiy resurslardan foydalanishda innovatsion qarashlar ilmiy – nazariy va amaliy masalalari;
2-shoʻba: Gidrologiya va iqlimshunoslik, meteorologiyaning ilmiy–nazariy va amaliy masalalari;
3-shoʻba: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada ilmiy – nazariy va amaliy tadqiqotlar;
4-shoʻba: Geodeziya, kartografiyada zamonaviy tadqiqotlar;
5-shoʻba: Geografiya ta’limida innovatsion yondashuvlar;
6-shoʻba: Geoinfotmatika, GIS va masofadan zondlashning amaliyotda qoʻllash natijalari.
Anjumanning rasmiy tillari: oʻzbek, rus, ingliz;
Anjumanda ishtirok etish shakllari:
- Yalpi majlisda ma’ruza qilish;
- Shoʻba yigʻilishida maʻruza qilish;
- Anjuman majlislarida ishtirok etmasdan maqola chop ettirish.